Abstract:
Ma’lumki, hozirgi kunda noalkogol jigar yogʻli gepatozi (NAJYG) eng keng
tarqalgan surunkali jigar kasalligi boʻlib, uning kelib chiqishida yuqori yogʻli va
ortiqcha ovqatlanish alohida oʻrin egallaydi. NAJYG jigarda triglitseridlarning
toʻplanishi bilan tavsiflanadi va oddiy yogʻli steatoz, steatogepatitdan fibrozgacha
va ohir-oqibat jigar sirrozigacha, bu gepatosellyulyar karsinomaga oʻtishi mumkin.
Ushbu kasallikni davolash uchun samarali terapevtik strategiyalarni yaratish
gepatologlar uchun qiziqish uygʻotmoqda. Shu sababdan, NAJYG patogenezini
mukammal oʻrganish va samarali davolash usullarini yaratish dolzarb masalalardan
biridir