Abstract:
Noalkogol jigar yogʻli gepatozi (NAJYG) eng keng tarqalgan surunkali jigar kasalligi
hisoblanadi. NAJYG jigarda triglitseridlarning toʻplanishi bilan tavsiflanadi va oddiy yogʻli
steatoz, steatogepatitdan fibrozgacha va ohir-oqibat jigar sirrozigacha, bu gepatosellyulyar
karsinomaga oʻtishi mumkin. NAJYG tarqalishining keskin oʻsishi dunyoda semirishning
kuchayishi bilan, kasallik patogenezi metabolik sindrom va insulinrezistentlik bilan chambarchas
bogʻliq. NAJYG kelib chiqishida yuqori yogʻli va ortiqcha ovqatlanish, kam harakatlilik asosiy
ahamiyatga ega boʻlsa, kamroq darajada ayrim dorilarni iste’mol qilish va ichak disbakteriozi oʻrin
egallaydi. Ushbu kasallikni davolash uchun samarali terapevtik strategiyalarni yaratish
gepatologlar uchun qiziqish uygʻotmoqda. Shu sababdan, NAJYG patogenezini mukammal
oʻrganish va samarali davolash usullarini yaratish dolzarb masalalardan biridir