Abstract:
Ushbu kasallik asosan insonlarning nosog‘lom turmush tarzi, gormonlarning anormal ishlashi natijasida va undan tashqari turli xil ekzogen omillar, spontan va genetik omillar natijasida kelib chiqmoqda. Oqibatda esa yaxshi sifatli kistalar yomon sifatli kistalarga aylanishi, ulardan esa og‘ir onkologik kasalliklar, bepushtlik va yana shu kabi patologik holatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Har bir kista turi o’ziga xos va ularning har birini alohida o‘rganish zarur.