Abstract:
Maqolada laboratoriya sharoitida surunkali eksperimental Kron kasalligi hosil qilingan kalamushlarda ichki organlar (jigar,
o‘pka, miya va ichak) ning gistologik tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Aniqlanishicha Kron kasalligi paytida ichki organlar (jigar,
o‘pka, miya va ichak) ning parenximasidagi mikrostruktura o‘zgarishlari hujayralarda distrofik va nekrobiotik jarayonlarning
rivojlanishi bilan kechadi.