Abstract:
Ushbu maqolada COVID-19dan keyin organizmlar faoliyatining tiklanish davrida klinik-biokimyoviy va fiziologik
koʻrsatkichlari, ularning salomatligi holati tahlili berilgan. Metabolik holatni aniqlanganda COVID-19 dan tiklanish davrida
kasallikdan keyin qonda qand miqdori 10 %ga oshgani, past zichlikdagi lipoproteinlar - XS PZLP nazoratga nisbatan 1,6
martaga oshgani, ogʻir formadagi kasallik oʻtkazganlarda yuqori zichlikdagi lipoproteinlar - XS YuZLP nazoratga nisbatan 1,5
marta kamaygani aniqlandi va COVID-19 oʻtkazgan TVI >30 kg/m2 odamlarda qonda qand miqdori proporsional oshishi
ma’lum boʻldi.