Abstract:
Tireotoksikoz qalqonsimon bezning gormonlarining ortiqcha ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan endokrin kasallik bo‘lib, organizmda ko‘plab fiziologik o‘zgarishlarga olib keladi. Ushbu maqolada tireotoksikozda vitaminlar yetishmovchiligining klinik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda vitaminlar, ayniqsa, A, D, E, B guruhi va C vitaminlarining yetishmasligi organizmdagi turli tizimlarning ishlashiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ko‘rib chiqiladi. Vitaminlar yetishmovchiligi simptomlari, ularning diagnostikasi va davolash usullari hamda tireotoksikozga ta’siri chuqur tahlil qilinadi.