Abstract:
Atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi bo‘lib, u umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Hozirgi davrda mazkur masala yanada jiddiy ahamiyat kasb etib, jamiyatning eng birinchi o‘rinda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalari qatoridan joy oldi. Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan ikkita 5 va 7- statsionar kuzatuv postlari ma’lumotlari va Qoraqalpog‘iston respublikasi Nukus shahri Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligining ma’lumotlar tahlili natijalari keltirilgan. Asosiy ifloslantiruvchi moddalar: chang, oltingugurt dioksidi, azot dioksidi kontsentraциyasi bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ko‘rib chiqilayotgan barcha ifloslantiruvchi moddalarning o‘rtacha yillik konsentratsiyasi ruxsat etilgan miqdorlardan oshganligi aniqlandi.