dc.description.abstract |
2019 yilda boshlangan global COVID-19 pandemiyasi aholi
salomatligi uchun xavfli tahdid bo‘ldi. Oxirgi o‘n yillikda uchta yangi beta
koronavirus - ogir, o‘tkir respirator sindromi (SARS)-CoV, Yakin Shark; sindromi
(MERS-CoV va SARS-CoV2 ko‘zgatuvchilari epidemiyani keltirib chiqarib,
odamlar o‘rtasida o‘lim darajasini yukoriligi bilan ajralib turdi. Xozirgi kunda odam
uchun virulent koronavirus (hCoVs) COVID-19 ni keltirib chiqaradigan SARS
CoV2 hisoblanadi [1,3,9] PZR usuli virus RNK sini aniqlash buyicha yuqori
sezgirlikka ega va COVID-19 ni erta davrlarida ishonchli tasdiklashi mumkin. Ogir,
o‘tkir respirator sindrom (SARS) va Yakin Shark respirator sindromi (MERS) ni
tekshirishlarning ko‘rsatishicha, kasallik belgilari paydo bulgandan 2 hafta o‘tib
virusga karshi antitanacha 80- 100% bemorlarda aniqlanadi [2,5]. PZR usulida salbiy
natija kayd etilganda va kasallik belgilari mavjud bo‘lmagan holda IgG va/yoki IgM
antitanachani aniqlanishi COVID-19 pandemiyasi masshtabini anik baholashda
serologik tekshirishlar muhim axamiyatga ega ekanligini yana bir tasdiklaydi [6,7].
Virusga karshi V-xujayraviy immunitet nafakat birlamchi yukishidan, balki kaytadan
yukishidan ham himoya kilish uchun xizmat kiladi. Infeksiyadan organizm
tozalangandan so‘ng, kasallikning o‘tkir va sog‘ayish boskichlarida paydo
bo‘ladigan plazmatik xujayralar serologik xotirani chaqirib antitanacha ishlab
chikishda davom etadi. Xozirgi vaqtda SARS-CoV-2 ga gumoral javob to‘liq
o‘rganilmagan. |
en_US |