Abstract:
Annotatsiya. Raqamli tibbiyot – bu hozirgi kunda jadal rivojlanib borayotgan, jumladan ta’lim sohasida ham o‘z dolzarbligini ko‘rsatib kelayotgan, shuningdek, klinik jihatdan hozirgi kunda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida yangi yo‘nalish hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi: Bo‘lajak oilaviy shifokorlarning tibbiyot sohasidagi teletibbiyot texnologiyalariga o‘qitish bo‘yicha qiziqishlarini o‘rganish va tahlil qilish, o‘qitish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni va teletibbiyot maslahatlarini amalga oshirishga munosabatni aniqlash.
Material va usullar: ilmiy, uslubiy va xorijiy adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish, bo‘lajak oilaviy shifokorlar uchun test anketasi va uning natijalarini tahlil qilish.
Natijalar. Test so‘rovi oldidan talabalar bugungi kunda sog‘liqni saqlashda qo‘llanilayotgan turli xil axborot texnologiyalari bilan tanishish bo‘yicha 3 kunlik kursni yakunladilar. So‘ralgan 30 nafar talabalar orasida teletibbiyot texnologiyalari atamasi bo‘yicha 6 kishi (17%) to‘g‘ri javob berishdi. Talabalarni ta’limga motivatsiyasini oshirishning ijobiy tarafi ularning teletibbiyotni o‘rganishga bo‘lgan intilishi va uni o‘z faoliyatida qo‘llashi bo‘lib chiqdi. Talabalar – bo‘lajak shifokorlarning aksariyati (75%) kelajakda telemeditsina bo‘yicha bilim olishni, huquqiy masalalar, teletibbiyot texnologiyalari, diagnostika, davolash va reabilitatsiyada an’anaviy va teletibbiyot texnologiyalarining o‘zaro ta’siri asoslari bo‘yicha malakasini oshirish istagini bildirdi.
Xulosa. O‘quv jarayoniga teletibbiyot texnologiyalarining joriy etilishi shifokorlarni kelgusida shifoxona va poliklinikalarda samarali ishlashga tayyorlash va bemorlarga yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi. Tibbiyot ta’limida teletibbiyot juda muhim yo‘nalish bo‘lib, bunday ta’limni o‘quv dasturlariga kiritish muhimdir.