DSpace Repository

RAQAMLI TIBBIYOT - SHIFOKORLARNING KASBIY MOTIVATSIYASINI OSHIRISHDA AHAMIYATI

Show simple item record

dc.contributor.author Xalmuhamedov B.T. -
dc.date.accessioned 2024-11-20T17:16:03Z
dc.date.available 2024-11-20T17:16:03Z
dc.date.issued 2024
dc.identifier.issn 2181-3485
dc.identifier.uri http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/108
dc.description.abstract Annotatsiya. Raqamli tibbiyot – bu hozirgi kunda jadal rivojlanib borayotgan, jumladan ta’lim sohasida ham o‘z dolzarbligini ko‘rsatib kelayotgan, shuningdek, klinik jihatdan hozirgi kunda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida yangi yo‘nalish hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi: Bo‘lajak oilaviy shifokorlarning tibbiyot sohasidagi teletibbiyot texnologiyalariga o‘qitish bo‘yicha qiziqishlarini o‘rganish va tahlil qilish, o‘qitish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni va teletibbiyot maslahatlarini amalga oshirishga munosabatni aniqlash. Material va usullar: ilmiy, uslubiy va xorijiy adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish, bo‘lajak oilaviy shifokorlar uchun test anketasi va uning natijalarini tahlil qilish. Natijalar. Test so‘rovi oldidan talabalar bugungi kunda sog‘liqni saqlashda qo‘llanilayotgan turli xil axborot texnologiyalari bilan tanishish bo‘yicha 3 kunlik kursni yakunladilar. So‘ralgan 30 nafar talabalar orasida teletibbiyot texnologiyalari atamasi bo‘yicha 6 kishi (17%) to‘g‘ri javob berishdi. Talabalarni ta’limga motivatsiyasini oshirishning ijobiy tarafi ularning teletibbiyotni o‘rganishga bo‘lgan intilishi va uni o‘z faoliyatida qo‘llashi bo‘lib chiqdi. Talabalar – bo‘lajak shifokorlarning aksariyati (75%) kelajakda telemeditsina bo‘yicha bilim olishni, huquqiy masalalar, teletibbiyot texnologiyalari, diagnostika, davolash va reabilitatsiyada an’anaviy va teletibbiyot texnologiyalarining o‘zaro ta’siri asoslari bo‘yicha malakasini oshirish istagini bildirdi. Xulosa. O‘quv jarayoniga teletibbiyot texnologiyalarining joriy etilishi shifokorlarni kelgusida shifoxona va poliklinikalarda samarali ishlashga tayyorlash va bemorlarga yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi. Tibbiyot ta’limida teletibbiyot juda muhim yo‘nalish bo‘lib, bunday ta’limni o‘quv dasturlariga kiritish muhimdir. en_US
dc.language.iso other en_US
dc.publisher Yosh olimlar tibbiyot jurnali en_US
dc.relation.ispartofseries 11;
dc.subject raqamli tibbiyot, oilaviy shifokor, tibbiyot talabalari en_US
dc.title RAQAMLI TIBBIYOT - SHIFOKORLARNING KASBIY MOTIVATSIYASINI OSHIRISHDA AHAMIYATI en_US
dc.type Article en_US


Files in this item

This item appears in the following Collection(s)

Show simple item record

Search DSpace


Advanced Search

Browse

My Account