Abstract:
Ushbu maqolada tibbiyot talabalari psixologiyasining muhim jihatlari,
xususan, ularning o‘qish jarayonida duch keladigan ichki ziddiyatlar, stress va himoya
mexanizmlari tahlil qilinadi. Tibbiyot universitetiga kirgan talabalarning akademik bosim va
yangi ijtimoiy muhitga moslashishdagi psixologik qiyinchiliklari, shuningdek, kasbiy
shakllanish jarayonida yuzaga keladigan ichki ziddiyatlar haqida batafsil ma'lumot berilgan.
Maqolada talabalarning stressga qarshi qanday psixologik himoya mexanizmlarini qo‘llashlari,
bu mexanizmlarning samaradorligi va shaxsiy shakllanishdagi roli o‘rganiladi. Tibbiyot
oliygohida psixologik qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati va uning talabalarning ruhiy
barqarorligini saqlashdagi o‘rni ta'kidlanadi. Psixologik maslahat markazlari, stressni
kamaytiruvchi treninglar va ustoz-shogird tizimi orqali talabalarning ruhiy salomatligini
yaxshilash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu ish tibbiyot talabalari uchun psixologik
qo‘llab-quvvatlash tizimining muhimligini namoyish etadi va psixologik yordamni yanada
rivojlantirish zaruratini ko‘rsatadi