Abstract:
Ushbu maqolada tilni o‘rganish jarayonining turli yosh bosqichlarida miyada
ro‘y beradigan xususiyatlar tahlil qilinadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ilk bolalik davrida yuqori
neuroplastiklik tufayli fonetik va grammatik shakllarni tez o‘zlashtirish imkoniyati mavjud. O‘smirlik
bosqichiga o‘tilganda, miyadagi moslashuvchanlik pasayishi kuzatiladi, biroq semantik va analitik tafakkur rivoji kuchayadi. Katta yoshdagilarda talaffuzni mukammal darajada o‘zlashtirish borgan sari qiyinlashishi mumkin, ammo to‘plangan hayotiy tajriba va motivatsiya hisobiga tilni egallash samarali kechishi mumkin. Keksalikda esa neuroplastiklik ancha pasaysada, uzluksiz aqliy mashqlar, qayta takrorlash va sabr yordamida tilni o‘rganish davom etadi.