Abstract:
KIRISH: mamlakatimizda ta’lim tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
ijtimoiy kompetensiyalarini shak lantirish va takomi lashtirish dolzarb vazifalardan biri
hisoblanadi. Bu kompetensiyalar yosh avlodning jamiyatdagi faol ijtimoiy hayotga
tayyorlanishida, shaxsiy salohiyati va ijtimoiy immunitetini rivojlantirishda muhim o‘rin
tutadi.
MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi – boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
ijtimoiy kompetensiyalarini zamonaviy innovatsion va pedagogik texnologiyalar orqali
shak lantirishning samarali uslublarini aniqlash, ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish va
o‘quvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi immunitetni rivojlantirishga xizmat
qiladigan yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda boshlang‘ich ta’lim metodikasi,
zamonaviy pedagogik yondashuvlar, informatsion-kommunikatsion texnologiyalar,
reflektiv ko‘nikmalarni rivojlantirish va axborotlar bilan ishlash texnikalariga oid
adabiyotlar tahlil qilindi. Tajriba davomida Blum kubigi metodidan foydalanildi.