Abstract:
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida talabalarning psixologik
barqarorligini saqlash va ularni turli stressli vaziyatlarga moslashishga o‘rgatish hamda
samarali coping-strategiyalarni shakllantirish jarayoni tahlil qilinidi. So‘nggi yillarda oliy
ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, o‘quv yuklamasining ortishi, raqobatning kuchayishi, oilaviy va
shaxsiy muammolar, ijtimoiy-psixologik bosimlar talabalarda stress darajasining sezilarli
oshishiga olib kelmoqdadir. Shu sababli, stressni boshqarish bo‘yicha malaka va
ko‘nikmalarni rivojlantirish, xavotir, qo‘rquv, noaniqlik kabi psixologik holatlarni konstruktiv
еngishning nazariy-amaliy mexanizmlarini chuqur o‘rganish dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi.