Abstract:
Ushbu maqolada reabilitatsiya jarayonida ota-ona ishtirokining ahamiyati hamda oilaviy adaptatsiyaning bosqichlari yoritilgan. Tadqiqot ota-onalarning psixologik tayyorgarligi, ularning reabilitatsiya jarayonidagi faol roli va mutaxassis-ota-ona-bola hamkorlik modeli samaradorligini asoslaydi. Oilaviy adaptatsiyaning shok, qabul qilish, faol ishtirok va barqarorlashuv bosqichlari bolaning rivojlanish dinamikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi ilmiy dalillar asosida ko'rsatib beriladi. Maqola nogironligi bo'lgan bolalarning samarali reabilitatsiyasiga kompleks yondashuvning zarurligini ta'kidlaydi.