Abstract:
KIRISH: Mazkur maqolada tibbiy biologiya yo‘nalishi talabalari orasida madaniy
hamda ma’naviy-axloqiy ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida ijtimoiy tarmoqlarning tutgan
o‘rni va ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim tizimiga yangi imkoniyatlar bilan bir qatorda
muayyan muammolarni ham olib kirayotgani ta’kidlanadi. Xususan, ijtimoiy tarmoqlar orqali
tarqatilayotgan axborotlarning mazmuni talabalarning dunyoqarashi, kasbiy madaniyati,
axloqiy qarashlari va ijtimoiy faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada tibbiy
biologiya talabalari uchun kasbiy etika, insonparvarlik, mas’uliyat, sog‘lom muloqot
madaniyatini rivojlantirishda ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish imkoniyatlari ochib
beriladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’sirlarini kamaytirish, tanqidiy fikrlashni
shakllantirish va raqamli madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar
asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.