| dc.contributor.author | Xudoyberdiyeva Ma’rifat Osimjonovna., Elmurodova Muhayyo Valiqul qizi., Xudoyberdiyeva Mohira Osimjonovna., Daminov Akmal Oxunjonovich | |
| dc.date.accessioned | 2026-04-07T09:20:26Z | |
| dc.date.available | 2026-04-07T09:20:26Z | |
| dc.date.issued | 2026-02-02 | |
| dc.identifier.issn | 3060-4915 | |
| dc.identifier.uri | http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/3221 | |
| dc.description.abstract | KIRISH: Mazkur maqolada tibbiy biologiya yo‘nalishi talabalari orasida madaniy hamda ma’naviy-axloqiy ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida ijtimoiy tarmoqlarning tutgan o‘rni va ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim tizimiga yangi imkoniyatlar bilan bir qatorda muayyan muammolarni ham olib kirayotgani ta’kidlanadi. Xususan, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan axborotlarning mazmuni talabalarning dunyoqarashi, kasbiy madaniyati, axloqiy qarashlari va ijtimoiy faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada tibbiy biologiya talabalari uchun kasbiy etika, insonparvarlik, mas’uliyat, sog‘lom muloqot madaniyatini rivojlantirishda ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish imkoniyatlari ochib beriladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’sirlarini kamaytirish, tanqidiy fikrlashni shakllantirish va raqamli madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. | en_US |
| dc.language.iso | other | en_US |
| dc.publisher | O'zbekiston BUXORO | en_US |
| dc.subject | ijtimoiy tarmoqlar, tibbiy biologiya talabalari, ma’naviy-axloqiy tarbiya, madaniy ko‘nikmalar, raqamli madaniyat, kasbiy etika, ta’lim jarayoni | en_US |
| dc.title | TIBBIY BIOLOGIYA YO‘NALISHI TALABALARIDA MADANIY, MA’NAVIY-AXLOQIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA IJTIMOIY TARMOQLARNING ROLI | en_US |
| dc.type | Article | en_US |