Abstract:
Shiddat bilan o‘zgarayotgan bugungi kunda jamiyat hayotida ma'naviy inqiroz yuz berishi, ma'naviy qadriyatlar deval'vasiyasi
fenomeni kuzatilishi achinarli hol sanaladi. Ushbu fenomenning ta'siri tibbiyot, sog‘liqni saqlash sohasida ham aks etayotgani
insonlar sog‘lig‘i va hayoti uchun bizni jiddiy xavotirga soldi, mazkur mavzu asosida tadqiqot olib borishga undadi. Maqolada
jamiyat hayotida yuzaga kelayotgan tibbiyot degumanizasiyasi va tibbiyot texnologizasiyasi sharoitida tibbiy ta'limni
optimallashtirish insonparvarlashtirish paradigmasini singdirish orqali amalga oshirilishi tahlil etildi, shuningdek, bo‘lg‘usi shifokor
talabalarning insonparvarlashuvida kasbiy kompetensiyalarni ta'minlaydigan usul va uslublar yoritildi.