Abstract:
Qalqonsimon bezni paypaslashda aholi orasida tugunli buqoq 3
5% bemorlarda, skrining ultratovush tekshiruvi (US) va to‘qimalarning otopsisi
paytida 20-35% da qayd etilgan. Tugunli toksik bo‘lmagan buqoq rivojlanishi uchun
ko‘plab etiologik omillar mavjud (endemik buqoq, Federal Endokrinologiya fanlari
tomonidan o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlarga ko‘ra markazi, Rossiya
Federatsiyasida aholi yod tanqisligi kasalliklarini rivojlanish xavfi bo‘lmagan hududlar
yo‘q.
JSST fikriga koʻra endemik buqoqning sporadik shakllari 5%ga kamayishiga
erishilsa, u holda YTK toʻliq bartaraf qilingan hisoblansada, Oʻzbekiston
Respublikasida bugungi kunda yod tanqisligi ogʻir hudud boʻlib qolmoqda. Aslida
yodga boʻlgan ehtiyoj chaqaloqlarda kuniga 50 mkg, 1 yoshdan 6 yoshgacha
boʻlganlarda 90 mkg, 7 yoshdan 10 yoshgacha boʻlganlarda 120 mkg, oʻsmirlar va
kattalarda 150 mkg ni tashkil qiladi. Homiladorlik va laktatsiya davrida yodga boʻlgan
ehtiyoj kuniga 200-300 mkg gacha ortadi, chunki ona organizmi yodni homila yoki
emizikli bola bilan boʻlishadi.
Hozirgi kunda, Oʻzbekiston sharoitida aholisi yod tanqisligi bilan bogʻliq
kasalliklarga chalinish xavfi boʻlmagan hudud yoʻq, negaki respublikaning shu
kungacha oʻrganilgan barcha hududlarida aholi ratsionida yod tanqisligi mavjudligi
kuzatilgan