Abstract:
Ushbu maqolada chet ellik talabalar uchun o‘zbek tilida “Kasalliklar” mavzusini o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. Ushbu
mavzuda lug‘at, dialog, matn o‘qish va yozma mashqlar orqali til ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari ko‘rib chiqiladi. Ta’lim jarayonida
interaktiv va kontekstual yondashuvning samaradorligi ta’kidlanadi. Metodika talabalarning nafaqat lug‘at boyligini oshirish, balki real
hayotiy kommunikatsiya qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.