Abstract:
Ushbu ilmiy maqolada tibbiyot talabalari uchun ingliz tilini o‘qitishda qo‘llaniladigan innovatsion metodik yondashuvlarning
nazariy va amaliy asoslari keng yoritiladi. Tibbiyotga oid ingliz tilining o‘ziga xos murakkabliklari – klinik terminologiya, professional yozuv,
kasallik tarixini tuzish, ilmiy maqolalarni tahlil qilish, bemor bilan muloqot kabi ko‘nikmalarni shakllantirish mexanizmlari psixolingvistik
nuqtayi nazardan o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari innovatsion metodlar yordamida talabalarning klinik fi krlashi, analitik yondashuvi,
kommunikativ madaniyati, kasbiy nutqi va ilmiy kompetensiyalarining sezilarli darajada rivojlanishini ko‘rsatadi.