Abstract:
Mazkur maqolada inklyuziv ta'lim va gospital pedagogika fanlarini o'qitishda innovatsion yondashuvlarning bo'lajak pedagoglar kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishdagi o'rni tahlil qilingan. Unda zamonaviy ta'limdagi o'zgarishlar, an'anaviy o'qitish usullarining cheklovlari hamda inklyuziv ta'lim va gospital pedagogika sohasida malakali mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoj asoslab berilgan. Kompetensiyaga asoslangan yondashuvning nazariy asoslari va bo'lajak pedagoglar faoliyati uchun zarur vazifalar belgilangan.