Abstract:
Maqsad – poliangiitli granulematoz (PG) da rinosinusitlar kechishini burun shilliq qavati
funksional testlari asosida baholash va ularning oddiy surunkali rinosinusitlardan differensial diagnostik ahamiyatini
aniqlash. Tadqiqotda PG bilan og‘rigan uch klinik guruh va surunkali rinosinusitli nazorat bemorlari ishtirok etdi.
Bemorlarda saxarin testi yordamida mukosiliar klirens vaqti, shilliqning ajratuvchi (sekretor) xususiyati hamda
Sagalovich usuli bo‘yicha so‘ruvchi (absorbtiv) funksiyasi o‘lchandi. PG guruhlarida mukosiliar klirensning sezilarli
sekinlashuvi, shilliq gipersekresiyasi va absorbtiv qobiliyatning pasayishi aniqlanib, bu o‘zgarishlar kasallik
davomiyligi va ANCA titri bilan bog‘liq ekanligi ko‘rsatildi. Nazorat guruhida esa ko‘rsatkichlar me’yor doirasida
saqlangan. Shilliq qavat funksiyasining uch komponenti majmuaviy baholanishi PG bilan bog‘liq rinosinusitlarni
oddiy surunkali rinosinusitlardan farqlash, kasallik og‘irligi va davolash samaradorligini kuzatishda muhim, nisbatan
invaziv bo‘lmagan usul sifatida tavsiya etiladi.