| dc.contributor.author | Xaydarova Gavxar Saidaxmatovna., Xidoyatova Muxlisa Raxmatillaevna., Djabborov Navro‘z Nordjigitovich | |
| dc.date.accessioned | 2026-05-26T17:18:23Z | |
| dc.date.available | 2026-05-26T17:18:23Z | |
| dc.date.issued | 2026 | |
| dc.identifier.uri | http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4060 | |
| dc.description.abstract | Maqsad – poliangiitli granulematoz (PG) da rinosinusitlar kechishini burun shilliq qavati funksional testlari asosida baholash va ularning oddiy surunkali rinosinusitlardan differensial diagnostik ahamiyatini aniqlash. Tadqiqotda PG bilan og‘rigan uch klinik guruh va surunkali rinosinusitli nazorat bemorlari ishtirok etdi. Bemorlarda saxarin testi yordamida mukosiliar klirens vaqti, shilliqning ajratuvchi (sekretor) xususiyati hamda Sagalovich usuli bo‘yicha so‘ruvchi (absorbtiv) funksiyasi o‘lchandi. PG guruhlarida mukosiliar klirensning sezilarli sekinlashuvi, shilliq gipersekresiyasi va absorbtiv qobiliyatning pasayishi aniqlanib, bu o‘zgarishlar kasallik davomiyligi va ANCA titri bilan bog‘liq ekanligi ko‘rsatildi. Nazorat guruhida esa ko‘rsatkichlar me’yor doirasida saqlangan. Shilliq qavat funksiyasining uch komponenti majmuaviy baholanishi PG bilan bog‘liq rinosinusitlarni oddiy surunkali rinosinusitlardan farqlash, kasallik og‘irligi va davolash samaradorligini kuzatishda muhim, nisbatan invaziv bo‘lmagan usul sifatida tavsiya etiladi. | en_US |
| dc.language.iso | other | en_US |
| dc.publisher | O'zbekiston ( TIBBIYOT ASOSLARI) XALQARO TIBBIYOT JURNALI 1-jild, 9-son | en_US |
| dc.subject | poliangiitli granulematoz, rinosinusit, mukosiliar klirens, sekretor funksiya, absorbtiv funksiya, burun shilliq qavati, funksional testlar, differensial diagnostika | en_US |
| dc.title | POLIANGIITLI GRANULEMATOZDA RINOSINUSITLARNI ODDIY SURUNKALI RINOSINUSITLARDAN FARQLASHDA SHILLIQ QAVAT FUNKSIONAL TESTLARINING O‘RNI | en_US |
| dc.type | Article | en_US |