Abstract:
Mazkur maqolada bo‘lajak oila shifokorlarida kasbiy motivatsiyani shakllantirish masalasi pedagogik va psixologik yondashuvlar asosida yoritilgan. Tadqiqotda kasbiy motivatsiyaning mohiyati, tuzilmasi hamda tibbiy ta’lim jarayoni da unga ta’sir etuvchi omillar ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonining mazmuni, o‘qitish metodlari va pedagogik muhitning kasbiy motivatsiyani rivojlantirishdagi o‘rni asoslab beriladi.
Shuningdek, ichki motivatsiya, kasbiy identifikats iya va refleksiv faoliyatning bo‘lajak shifokorlar tayyorgarligidagi ahamiyati ochib beriladi. Olingan xulosalar tibbiy ta’lim tizimida kasbiy motivatsiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik va psixologik mexanizmlarni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.