| dc.contributor.author | Gadayev A.G., Rahimova M.E., Muzaffarov J.Sh. | |
| dc.date.accessioned | 2026-06-11T15:50:30Z | |
| dc.date.available | 2026-06-11T15:50:30Z | |
| dc.date.issued | 2026-01 | |
| dc.identifier.uri | http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4309 | |
| dc.description.abstract | Surunkali kardiorenal sindrom (KRS II-tipi) yurak va buyrak o‘rtasidagi murakkab patofiziologik o‘zaro ta’sir natijasida rivojlanadigan klinik holat bo‘lib, yurak faoliyatining surunkali yetishmovchiligi fonida buyrak funksiyasining progressiv susayishi bilan xarakterlanadi [1,2]. So‘nggi yillarda KRS rivojlanish mexanizmlarida neyrogumoral tizimlarning, ayniqsa renin-angiotenzin aldosteron tizimi (RAAT) va kallikrein-kinin tizimi (KKT)ning roli alohida e’tibor qozonmoqda. RAAT fiziologik sharoitda arterial bosimni, suv-elektrolit muvozanatini va perfuziyani saqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lsa-da, uning surunkali faollashuvi angiotenzin II va aldosteron darajasining oshishiga olib kelib, yurak va buyrak to‘qimalarida fibroz, gipoperfuziya va endotelial disfunktsiyani kuchaytiradi [3]. KKT esa bradikinin orqali tomirlarni kengaytiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilovchi ta’sir ko‘rsatadi [4]. Ushbu ikki tizim o‘rtasidagi uzviy muvozanat buzilganda KRSning kechishi og‘irlashadi va kasallik prognozi yomonlashadi [5]. Yuqorida keltirilgan holatlar mazkur tadqiqotni o‘tkazishga asos bo‘ldi. | en_US |
| dc.language.iso | other | en_US |
| dc.publisher | O'zbekiston, Toshkent (ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН: ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР 2 ҚИСМ) | en_US |
| dc.subject | kardiorenal sindrom, renin-angiotenzin tizimi, kallikrein-kinin tizimi, angiotenzin II, bradikinin | en_US |
| dc.title | SURUNKALI KARDIORENAL SINDROM MAVJUD BEMORLARDA RENIN-ANGIOTENZIN VA KALLIKREIN-KININ TIZIMLARI ORASIDAGI UZVIYLIKNI BAHOLASH | en_US |
| dc.type | Article | en_US |