Abstract:
Maqsad: Gipertoniya kasalligining (GK) turli bosqichlarida buyrak disfunksiyasini (BD) erta aniqlashda Klotho oqsilining diagnostik ahamiyatini baholash va uni boshqa biomarkerlar - sistatin-S va kreatinin bilan taqqoslash.
Usullar: Tadqiqotga GK II bosqichi bilan og‘rigan 76 nafar va GK III bosqichi bilan og‘rigan 93 nafar bemor, hamda 23 nafar sog‘lom ko‘ngillilar jalb etildi. Barcha ishtirokchilarda qon zardobida Klotho oqsili, sistatin-S, kreatinin, vitamin D va paratgormon (PTG) ko‘rsatkichlari aniqlandi. Koptokchalar filtratsiyasi tezligi (KFT) sistatin-S va kreatinin asosida CKD-EPI formulasi yordamida hisoblandi. Barcha bemorlarga exokardiografiya o‘tkazildi.
Natijalar: hKFT ≥90 ml/daq/1,73 m2 bo‘lgan bemorlarda Klotho oqsili 43,28±3,27 ng/ml ni, hKFT ≤89 ml/daq/1,73 m2 bo‘lganlarda esa 27,20±3,23 ng/ml ni tashkil etdi (p<0,001). Sog‘lom nazorat guruhida Klotho 64,57±2,3 ng/ml ga teng bo‘ldi. Klotho oqsili sistatin-S (r=−0,79 va −0,89; p<0,001) va PTG (r=−0,61 va −0,74; p<0,001) bilan ishonchli teskari korrelyatsiyaga ega bo‘ldi. BD ni aniqlashda Klotho oqsilining sezgirligi sistatin-S dan ham yuqoriligi aniqlandi.
Xulosa: Klotho oqsili GK da buyrak disfunksiyasini erta bosqichlarida aniqlashda yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan biomarker hisoblanadi. Uni sistatin-S va kreatinin bilan birgalikda qo‘llash GK bilan og‘rigan bemorlarda BD ni erta va aniq aniqlash imkonini beradi