DSpace Repository

GIPERTONIYA KASALLIGIDA BUYRAK DISFUNKSIYASINI ERTA ANIQLASHDA KLOTHO OQSILINING O‘RNI

Show simple item record

dc.contributor.author Gadayev Abdigaffor Gadayevich, Raximova Matluba Eshbaevna, Sayidov Kamoliddin Shaxriddin o‘g‘li
dc.date.accessioned 2026-06-12T11:25:53Z
dc.date.available 2026-06-12T11:25:53Z
dc.date.issued 2025
dc.identifier.uri http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4365
dc.description.abstract Maqsad: Gipertoniya kasalligining (GK) turli bosqichlarida buyrak disfunksiyasini (BD) erta aniqlashda Klotho oqsilining diagnostik ahamiyatini baholash va uni boshqa biomarkerlar - sistatin-S va kreatinin bilan taqqoslash. Usullar: Tadqiqotga GK II bosqichi bilan og‘rigan 76 nafar va GK III bosqichi bilan og‘rigan 93 nafar bemor, hamda 23 nafar sog‘lom ko‘ngillilar jalb etildi. Barcha ishtirokchilarda qon zardobida Klotho oqsili, sistatin-S, kreatinin, vitamin D va paratgormon (PTG) ko‘rsatkichlari aniqlandi. Koptokchalar filtratsiyasi tezligi (KFT) sistatin-S va kreatinin asosida CKD-EPI formulasi yordamida hisoblandi. Barcha bemorlarga exokardiografiya o‘tkazildi. Natijalar: hKFT ≥90 ml/daq/1,73 m2 bo‘lgan bemorlarda Klotho oqsili 43,28±3,27 ng/ml ni, hKFT ≤89 ml/daq/1,73 m2 bo‘lganlarda esa 27,20±3,23 ng/ml ni tashkil etdi (p<0,001). Sog‘lom nazorat guruhida Klotho 64,57±2,3 ng/ml ga teng bo‘ldi. Klotho oqsili sistatin-S (r=−0,79 va −0,89; p<0,001) va PTG (r=−0,61 va −0,74; p<0,001) bilan ishonchli teskari korrelyatsiyaga ega bo‘ldi. BD ni aniqlashda Klotho oqsilining sezgirligi sistatin-S dan ham yuqoriligi aniqlandi. Xulosa: Klotho oqsili GK da buyrak disfunksiyasini erta bosqichlarida aniqlashda yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan biomarker hisoblanadi. Uni sistatin-S va kreatinin bilan birgalikda qo‘llash GK bilan og‘rigan bemorlarda BD ni erta va aniq aniqlash imkonini beradi en_US
dc.language.iso other en_US
dc.publisher O'zbekiston, Toshkent «O‘zbekiston Harbiy Tibbiyoti» илмий-амалий журнали №1 en_US
dc.subject Klotho oqsili; gipertoniya kasalligi; buyrak disfunksiyasi; sistatin-S; kreatinin; koptokchalar filtratsiyasi tezligi; erta tashxis; vitamin D; paratgormon. en_US
dc.title GIPERTONIYA KASALLIGIDA BUYRAK DISFUNKSIYASINI ERTA ANIQLASHDA KLOTHO OQSILINING O‘RNI en_US
dc.type Article en_US


Files in this item

This item appears in the following Collection(s)

Show simple item record

Search DSpace


Advanced Search

Browse

My Account