Abstract:
Mazkur maqolada ateroskleroz kasalligining kelib chiqish
sabablari va rivojlanish mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Ateroskleroz
yurak-qon tomir tizimining eng ko‘p uchraydigan surunkali kasalliklaridan biri
bo‘lib, arteriya devorlarida lipidlar, xolesterin va biriktiruvchi to‘qima
elementlarining to‘planishi natijasida yuzaga keladi. Maqolada kasallikning asosiy
etiologik omillari, jumladan giperlipidemiya, arterial gipertoniya, qandli diabet,
semirish, chekish va kam harakatli turmush tarzining ta’siri yoritib berilgan.
Shuningdek, ateroskleroz patogenezining asosiy bosqichlari — endoteliy
shikastlanishi, lipidlarning tomir devorida to‘planishi, yallig‘lanish jarayonlari
rivojlanishi va aterosklerotik blyashkalarning hosil bo‘lish jarayoni tahlil qilingan.
Aterosklerotik blyashkalarning rivojlanishi natijasida tomir bo‘shlig‘i torayib, qon
aylanishi buzilishi va turli yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi mumkinligi
ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu kasallik yurak ishemik kasalligi, miokard infarkti va insult
kabi og‘ir asoratlarning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Aterosklerozning
etiologiyasi va patogenezini chuqur o‘rganish kasallikni erta aniqlash, uning oldini
olish hamda samarali davolash usullarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega