DSpace Repository

AHOLI ORASIDA ATEROSKLEROZ RIVOJLANISHIDAGI XAVF OMILLARI

Show simple item record

dc.contributor.author Saidova Firuza Salomovna., Shabonova Mohichehra Boboyor qizi
dc.date.accessioned 2026-06-22T05:52:11Z
dc.date.available 2026-06-22T05:52:11Z
dc.date.issued 2026-04-10
dc.identifier.uri http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4522
dc.description.abstract Mazkur maqolada ateroskleroz kasalligining kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Ateroskleroz yurak-qon tomir tizimining eng ko‘p uchraydigan surunkali kasalliklaridan biri bo‘lib, arteriya devorlarida lipidlar, xolesterin va biriktiruvchi to‘qima elementlarining to‘planishi natijasida yuzaga keladi. Maqolada kasallikning asosiy etiologik omillari, jumladan giperlipidemiya, arterial gipertoniya, qandli diabet, semirish, chekish va kam harakatli turmush tarzining ta’siri yoritib berilgan. Shuningdek, ateroskleroz patogenezining asosiy bosqichlari — endoteliy shikastlanishi, lipidlarning tomir devorida to‘planishi, yallig‘lanish jarayonlari rivojlanishi va aterosklerotik blyashkalarning hosil bo‘lish jarayoni tahlil qilingan. Aterosklerotik blyashkalarning rivojlanishi natijasida tomir bo‘shlig‘i torayib, qon aylanishi buzilishi va turli yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu kasallik yurak ishemik kasalligi, miokard infarkti va insult kabi og‘ir asoratlarning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Aterosklerozning etiologiyasi va patogenezini chuqur o‘rganish kasallikni erta aniqlash, uning oldini olish hamda samarali davolash usullarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega en_US
dc.language.iso other en_US
dc.publisher O'zbekiston, Buxoro (Ilmiy – texnikaviy Xalqaro konferensiya) en_US
dc.subject Ateroskleroz, giperlipidemiya, endoteliy shikastlanishi, lipid almashinuvi buzilishi, aterosklerotik blyashka, yurak-qon tomir kasalliklari, patogenez. en_US
dc.title AHOLI ORASIDA ATEROSKLEROZ RIVOJLANISHIDAGI XAVF OMILLARI en_US
dc.type Article en_US


Files in this item

This item appears in the following Collection(s)

Show simple item record

Search DSpace


Advanced Search

Browse

My Account