Abstract:
Ushbu uslubiy tavsiyanomada allergik rinitni tashxislashda molekulyargenetik tekshirishga doir takliflar keltirilgan. Allergik rinitni tashxislashda
molekulyar-genetik tekshirish usullarini qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyani
ishlab chiqish hozirgi zamon tibbiyotining dolzarb ehtiyojlaridan biridir. Allergik
rinit keng tarqalgan kasallik bo‘lib, u bemorlarning hayot sifatini pasaytiradi,
mehnat va o‘qish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda bronxial astma
kabi asoratlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. An’anaviy diagnostika
usullari (klinik belgilar, teri sinamalari, umumiy IgE darajasini aniqlash) har
doim ham kasallikning aniq sababchi allergenlarini va individual immun
javob xususiyatlarini to‘liq aks ettira olmaydi. Ushbu yondashuv allergen
komponentlarini (molekulalarini) aniqlash orqali haqiqiy va soxta sensibilizatsiyani
farqlash, kross-reaktivlikni baholash hamda individual davolash va profilaktika
strategiyasini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, genetik markerlarni
aniqlash kasallikka irsiy moyillikni baholash va xavf guruhlarini shakllantirish
imkonini beradi. Uslubiy tavsiyanoma umumiy amaliyot shifokorlari, tibbiy
ilmiy xodimlar, magistrlar va klinik ordinatorlar uchun moʻljallangan.