DSpace Repository

Allergik rinitni tashxislashda molekulyar-genetik tekshirish usullari

Show simple item record

dc.contributor.author Djuraev, J.A.
dc.contributor.author Nazarov, O.A.
dc.date.accessioned 2026-10-05T12:51:12Z
dc.date.available 2026-10-05T12:51:12Z
dc.date.issued 2026-01-27
dc.identifier.uri http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/5390
dc.description.abstract Ushbu uslubiy tavsiyanomada allergik rinitni tashxislashda molekulyargenetik tekshirishga doir takliflar keltirilgan. Allergik rinitni tashxislashda molekulyar-genetik tekshirish usullarini qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyani ishlab chiqish hozirgi zamon tibbiyotining dolzarb ehtiyojlaridan biridir. Allergik rinit keng tarqalgan kasallik bo‘lib, u bemorlarning hayot sifatini pasaytiradi, mehnat va o‘qish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda bronxial astma kabi asoratlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. An’anaviy diagnostika usullari (klinik belgilar, teri sinamalari, umumiy IgE darajasini aniqlash) har doim ham kasallikning aniq sababchi allergenlarini va individual immun javob xususiyatlarini to‘liq aks ettira olmaydi. Ushbu yondashuv allergen komponentlarini (molekulalarini) aniqlash orqali haqiqiy va soxta sensibilizatsiyani farqlash, kross-reaktivlikni baholash hamda individual davolash va profilaktika strategiyasini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, genetik markerlarni aniqlash kasallikka irsiy moyillikni baholash va xavf guruhlarini shakllantirish imkonini beradi. Uslubiy tavsiyanoma umumiy amaliyot shifokorlari, tibbiy ilmiy xodimlar, magistrlar va klinik ordinatorlar uchun moʻljallangan. en_US
dc.language.iso other en_US
dc.publisher «Tib nashr» MCHJ en_US
dc.title Allergik rinitni tashxislashda molekulyar-genetik tekshirish usullari en_US
dc.type Book chapter en_US


Files in this item

This item appears in the following Collection(s)

Show simple item record

Search DSpace


Advanced Search

Browse

My Account