DSpace Repository

Setton aftasining klinik kechish xususiyatlari va bemorlar hayot sifatiga ta’siri

Show simple item record

dc.contributor.author Усманова, Л.Б.
dc.date.accessioned 2026-10-19T06:15:21Z
dc.date.available 2026-10-19T06:15:21Z
dc.date.issued 2026-09
dc.identifier.uri http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/5517
dc.description.abstract Surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit (SQAS) og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining surunkali yallig‘lanish kasalliklaridan biri bo‘lib, uning og‘ir klinik shakllaridan biri Setton aftasi hisoblanadi. Ushbu kasallik chuqur, og‘riqli, uzoq muddat bitadigan va ko‘pincha chandiqlanish bilan yakunlanadigan yaralar hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Kasallikning qaytalanuvchi xususiyati, klinik belgilarining uzoq davom etishi hamda og‘riq sindromining yaqqol namoyon bo‘lishi bemorlarning kundalik faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Setton aftasining klinik kechishi aftalarning soni, o‘lchami, chuqurligi, joylashuvi va bitish davomiyligi bilan belgilanadi. Yaralar ko‘pincha lablar va lunjlarning shilliq qavatida, tilning ayrim qismlarida hamda boshqa harakatchan sohalarda uchrashi mumkin. Ularning chuqur joylashishi va kuchli og‘riq bilan kechishi chaynash, yutish, gapirish va og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasini saqlashni qiyinlashtiradi. Ayrim bemorlarda kasallikning uzoq davom etishi ovqatlanish odatlarining o‘zgarishiga, uyqu sifatining buzilishiga va psixoemotsional noqulaylikka olib kelishimumkin. Zamonaviy terapevtik stomatologiyada kasallikni baholash faqat morfologik o‘zgarishlarni aniqlash bilan cheklanmasligi kerak. Bemorning subyektiv shikoyatlari, og‘riq intensivligi, kundalik faoliyatdagi cheklanishlar va umumiy hayot sifati ham kompleks ravishda o‘rganilishi lozim. Shu sababli Setton aftasining klinik kechish xususiyatlarini va uning bemorlar hayot sifatiga ta’sirini baholash muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega en_US
dc.language.iso other en_US
dc.subject Setton aftasi, surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit, klinik kechish, og‘riq sindromi, hayot sifati, OHIP-14, epitelizatsiya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati. en_US
dc.title Setton aftasining klinik kechish xususiyatlari va bemorlar hayot sifatiga ta’siri en_US
dc.type Article en_US


Files in this item

This item appears in the following Collection(s)

Show simple item record

Search DSpace


Advanced Search

Browse

My Account